Toshkentda bepul Wi-Fi’li birinchi avtobus bekati ochiladi

16-mart kuni Toshkentning Oloy bozori yonida bepul Wi-Fi signali bo‘lgan birinchi avtobus bekati ochiladi, deya xabar bermoqda My Day.

Foto: My Day

Foto: My Day

Hot WiFi tizimi sharofati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, email, shuningdek, SMS va bepul qo‘ng‘iroq (callback) orqali tarmoqqa kirish mumkin bo‘ladi.

Avtobus bekatlarida Toshkent aholisini bepul  internet bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Bravo Pharma, Beeline, shuningdek, JCDecaux sherik kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing