APL 28-turi Angliya kubogining chorak final o‘yinlari sabab to‘liq bo‘lib o‘tmadi. Shunga qaramay shanba kuni 4 ta, yakshanbada 1 ta uchrashuv muxlislar hukmiga havola qilindi.
Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan “Liverpul” o‘z maydonida “Byornli”ni taslim qildi. Hisob mehmonlar tomonidan ochilgan bo‘lishiga qaramay, yakunda “Enfild” egalari 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Angliya Premyer-ligasi 28-tur 12-mart, yakshanba
“Liverpul” — “Byornli” 2:1
Gollar: Eshli Barns, 7 (0:1). Jorjinyo Veynaldum, 45+1 (1:1). Emre Jan, 61 (2:1).Mamlakatning amaldagi chempioni “Lester” esa Kreyg Shekspirni rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. U bunga qadar Klaudio Ranyeriga yordam bergan bo‘lsa, endi mavsum yakuniga qadar klub natijalari uchun javob beradi. Shartnoma shu yilning avgust oyida o‘z yakuniga yetadi.
Shekspirning keyingi taqdiri “Lester”ning natijalari bilan bog‘liq. Uning boshqaruvida “tulkilar” ketma-ket ikki o‘yinda 3:1 hisobida zafar quchgandi. Raqiblardan biri “Liverpul” bo‘lgani ham mutaxassisga bo‘lgan ishonchni oshirdi.
Avvalroq klub yetakchilaridan biri Drinkuoter intervyu berib, futbolchilarning hammasi Shekspir nomzodini qo‘llab-quvvatlayotganiga oydinlik kiritgandi.
Izoh (0)