Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada o‘g‘il egizaklar otasiga aylanadi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
32 yoshli Ronalduning bo‘lajak farzandlarini amerikalik surrogat ona dunyoga keltiradi. Ayol homiladorlikning so‘nggi bosqichini boshdan o‘tkazmoqda, egizaklar tez orada tug‘ilishi kutilmoqda.
Mavzuga doir: Krishtianu Ronaldu bo‘lajak qallig‘ining tug‘ilgan kuniga qanday ko‘rinishda keldi? (foto)
Qayd etish joiz, Ronalduning 6 yoshli o‘g‘li kichik Krishtianu Ronaldu ham 2010-yilda surrogat ona tomonidan dunyoga keltirilgan edi.
Ayni vaqtda portugaliyalik hujumchi 23 yoshli model Jorjina Rodriges bilan ishqiy munosabatda bo‘lib turibdi.
Mavzuga doir: Jorjina Rodriges qaynonaga ma’qul kelgani uchun Krishtianu Ronaldu 2018-yil unga uylanishga qaror qildi
Izoh (0)