Rossiyadagi Kaluga shahrida 57 yoshli kishini o‘ldirganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tergov jarayonidagi taxminlarga ko‘ra, qotillik 2016-yil dekabr oyida saraton kasalligining so‘nggi to‘rtinchi bosqichini boshidan kechirayotgani aniqlangani uchun ozod qilingan shaxs tomonidan amalga oshirilgan.
Qotillik 5-mart kuni Jizdra shahrida sodir etilgan. Tergov qo‘mitasida halok bo‘lgan shaxs yaqinda ozodlikka chiqqan ayblanuvchi bilan bir uyda yashagani ma’lum qilindi.
Kaluga shahridagi mehmonxonada qo‘lga olingan shaxs qotillikni o‘z bo‘yniga oldi. Aybdorning so‘zlariga ko‘ra, u yuzaga kelgan bahs vaqtida qo‘shnisiga pichoq bilan hujum qilgan.
Sud qotilni tergov izolyatoriga joylashtirdi.
Hibsga olingan shaxs sodir etgan qotilligi uchun 2013-yil to‘qqiz yilga qamalgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)