Amerikalik aktyor Tom Xenks “buxanka” nomi bilan mashhur bo‘lgan “UAZ” mashinasi oldida tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yukladi, deb xabar bermoqda TJournal.
Aktyor suratni “Mening yangi mashinam. Safarga otlanyapman” deb izohladi. Xenks yangi avtomobilida qayerga ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Mashina raqamida Vengriya bayrog‘ini ko‘rish mumkin.
Taniqli aktyor Instagram’dagi sahifasiga mashinalarni olib qochishga chog‘lanayotgan holatdagi suratlarini muntazam ravishda yuklab turadi.
Suratlarga qaraganda, Tom Xenks noodatiy avtoulovlarga befarq emas. Mashinalar kimga tegishli ekani noma’lum, biroq u avtomobillar haqida doimo o‘zinikidek gapiradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!