Afg‘onistonning shimoli-sharqida “Tolibon” terrorchilik tashkilotining yuqori martabali ikki yetakchisi yo‘q qilindi.
Bu haqda “Shahin” Afg‘oniston milliy armiyasi 209-korpusining axborot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Qayd etilishicha, o‘ldirilganlardan biri “Tolibon” harbiy komissiyasi rahbari Qori Do‘st Muhammad, ikkinchisi esa moliya bo‘yicha komissiya rahbari Niyoz Muhammaddir.
Shuningdek, operatsiya doirasida yana kamida olti nafar jangari, uchta mototsikl hamda portlovchi moddalar, o‘q-dorilar ombori yo‘q qilingan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!