Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Oliy Liga 2-turida o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahs yuritdi va 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
“Temiryo‘lchilar” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur o‘yin boshlanishi arafasida Toshkentdagi 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi qizlariga 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati “Lokomotiv” futbol klubi hamda uning hamkori tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
Qayd etish joiz, 8-mart kuni ayollarga “Lokomotiv” stadioniga kirish bepul qilingandi. Avvalroq “Lokomotiv” 55 yoshdan oshgan muxlislarning stadionga mavsum davomida bepul kirishi uchun imkoniyat yaratib bergani haqida xabar berilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)