Yevropa Ittifoqi 15-mart kuni Rossiya va Ukraina janubi-sharqidagi e’lon qilingan respublikalarning 146 nafar fuqarosi, shuningdek, 37 ta tashkilotga qarshi sanksiyalarni yarim yilga uzaytiradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar vakillarining doimiy kengashi 15-mart kungi navbatdagi majlisda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina qora ro‘yxatining amal qilishini olti oyga uzaytiradi”, — deydi nashr manbasi.
Oxirgi marta Rossiya uchun qora ro‘yxat 15-sentabrda yarim yilga uzaytirilgan edi. O‘shanda ro‘yxatga 146 kishi, jumladan, Rossiya hukumat vakillari, rossiyalik siyosatchilar, biznesmen va kuch tuzilmalar vakillari, shuningdek, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari rahbarlari kiritilgan edi.