7-mart kuni Nyu-Yorkda kichkina qizaloqning haykali o‘rnatildi. U jahon fond bozori ramzlaridan biri — “Uoll-stritlik buqa”ga uni huddi bahsga chorlagandek qarab turibdi, deb yozadi Meduza.
Haykal State Street moliya tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad — AQShdagi uch mingta eng yirik kompaniyalaridan to‘rtdan birining direktorlar kengashida ayollar umuman yo‘q ekaniga e’tiborni qaratishdir. “Qo‘rqmas qizaloq” bir hafta davomida “Uoll-stritlik buqa” oldida viqor bilan qad rostlab turadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)