Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Aleksandr Mochinov o‘zining ilk uchrashuvini Amirlik termasiga qarshi safarda o‘tkazdi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
O‘FF matbuot matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ayni kunlarda O‘zbekiston yoshlari BAA yig‘inida bo‘lib turibdi. Uning doirasida Amirlik yoshlariga qarshi ikki o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan bo‘lib, ikkinchi uchrashuv 10-mart kuni tashkil etiladi.
Birinchisida o‘zbekistonliklarga g‘alaba tortiq etgan gollarga Kamron Saidazimov hamda Afzal Xolmuhamedov mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 31-oktabr va 8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash turniriga tayyorgarlik boshlagan.
O‘rtoqlik o‘yini Dubay, BAA 8-mart, chorshanba
Izoh (0)