“Barselona” futbolchilari tunda uxladimi yoki yo‘q — aytish qiyin. Quyida ularning “PSJ”ga qarshi 6:1 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yindan keyingi fikrlari aks etgan.
Andres Inyesta
Gol urib olsak, “PSJ”da shubha paydo bo‘lishini bilardik. Raqib esa ultrahimoyaviy taktikani afzal bildi.Futbolda shunday holatlar bo‘lib turadi. Biroq Serji Robertoning goli shunchaki tentaklik edi. Futbolning bor go‘zalligi ham shundan iborat.
Andres Inyesta, “Barselona” a’zosi
Neymar
Syujet tomondan ham, gollar borasida ham va jamoalar saviyasidan kelib chiqsak ham bu hayotimdagi eng dahshatli hamda eng zo‘r o‘yin bo‘ldi. Mana shu onlarda men juda baxtliman.Biz o‘yinga qadar har qanday jamoani mag‘lub eta olishimizni bilardik. Biz bir-birimizga ishonamiz, biz butun bir jamoamiz va birgalikda har narsaga tayyormiz.
Oltinchi gol urilgan nuqtaga Serji Robertoni o‘zim jo‘natib yuborgandim.
Neymar, “Barselona” a’zosi
Jerar Pike
Inyesta “Stemford Brij”dagi o‘sha shonli golni urganida men maydonda edim. Biroq o‘sha uchrashuv bilan bugungisini solishtirib bo‘lmaydi. Hal qiluvchi golning 95-daqiqada urilishidan tortib, 7 daqiqa ichida 3 ta gol urilganigacha dahshatli ish. Gap xuddi tarixiy fantastika haqida ketayotganga o‘xshaydi.Ertangi mashg‘ulotga qaramay, men bugun g‘alabani nishonlashni istayman. Keyin esa La liga uchun tayyorgarlikni boshlaymiz.
Bilasizmi nima, tug‘ruqxonalarga iloji boricha ko‘proq akusherlar jalb qilish kerak. 9 oydan keyin ular as qotadi, chunki bugun ko‘pchilik sevgisiga o‘z mehrini beradi.
Ilgari 3:1 hisobidan keyin ko‘pchilik stadionni tark etishi mumkin edi. Bugun esa hamma so‘nggi soniyalarga qadar biz bilan bo‘ldi. Tushunishimcha, yangi avlod muxlislari jamoaga oldingidan ko‘proq ishonadi va ular iloj deyarli qolmagan bir vaqtda ham birlasha oladi.
Ko‘pchilik bizni “ko‘mib” ulgurgandi. Biz esa ularga nima istashimizni ko‘rsatib qo‘ydik. Biz hamon tirikmiz!
Jerar Pike, “Barselona” a’zosi
Ivan Rakitich
Bu ilojsiz ish edi. O‘yin yakuniga 20 daqiqa o‘tgan bo‘lsa ham, bu “ahmoqlik”ka hanuz ishonishim qiyin.Birinchi uchrashuvdan keyin tanqidlar ostida qolib ketdik. Bugun esa tarix bitdik. Endi yo‘limizda davom etishni istaymiz. Hozirgi “Barselona” dunyoning eng kuchli klubidir.
Ivan Rakitich, “Barselona” a’zosi
Izoh (0)