Amerikalik talaba politsiyachilarga mast emasligini isbotlash uchun jonglyorlik qildi. Bu haqda “Nbc4i.com” xabar bermoqda. Arkanzas markaziy universiteti talabasi Bleyk Pakett 3-mart, juma kuni avtoulovda kutubxonadan qaytayotgan edi.
Mashinaning stop-signal farasi singani uchun talaba odatdagidan sekinroq haydashga qaror qildi. O‘smirning ehtiyotkorligi politsiya e’tiborini tortdi va haydovchini mast holatda ekanini taxmin qilib, uni tekshirish uchun to‘xtatdi.
Pakett avtomobildan chiqqanida politsiyachilardan biri uning cho‘ntagida nima bor ekani bilan qiziqdi.
Bu g‘alati eshitilishi mumkin, ammo men afsungarman. Cho‘ntagimda afsungarlikka oid buyumlar bor.Shundan so‘ng talaba jonglyorlik qila olishini, mashinaning raqami buyurtmaga asosan JUGGLER (jonglyor) yozuvi bilan qildirganini ma’lum qildi. Yigitcha avtomobilning orqa o‘rindig‘idan uchta cho‘qmoqni olib, huquq-tartibot xodimlariga o‘z mahoratini namoyish qildi.Bleyk Pakett, talaba
Talabaning xatti-harakatlari politsiyachilarni haydovchi mast emasligiga ishontirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)