Xorazm viloyati bojxona boshqarmasiga ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar asosida Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Bog‘ot tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida rangli metall parchalarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Xususan, Bog‘ot tumanining Mirishkor qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Sadaddinov 1,6 tonnadan ortiq rangli metall parchalarini keyinchalik qayta sotish maqsadida noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.
Uning tumandoshi E.Jumaniyozov tomonidan esa 1,1 tonnadan ortiq rangli metall parchalarini o‘ziga tegishli garajga yashirib qo‘yganligi fosh qilindi.
Umuman 2016-yil va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Xorazm viloyati bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda salkam olti tonna rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Izoh (0)