Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 2-turidan joy olgan uch bellashuv xotin-qizlar xalqaro bayrami kuni bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” o‘z maydonida “So‘g‘diyona” ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi. Jizzax klubi bir tur avval “Bunyodkor” maydonida 70-daqiqadan keyin gol o‘tkazib yuborgandi, bu safar “Lokomotiv” stadionida ham shuncha daqiqa turib bera oldi.
“Lokomotiv”dan tashqari Oliy ligaga qaytgan “Dinamo” ham ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Samarqandda “Sho‘rtan”ni qabul qilgan klub 4 yil-u 4 oy oldin o‘zining elitadagi so‘nggi yirik muvaffaqiyatiga erishgandi, deb yozdi “Championat.asia”. “Dinamo” o‘shanda “Andijon” klubini ham 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Mavsumni “Qizilqum” ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan “Paxtakor” Farg‘onada 2 ochko yo‘qotdi. “Neftchi”ga qarshi o‘yin davomida darvozalar dahlsiz qoldi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 2-tur 8-mart, chorshanba
Izoh (0)