Internetga joylangan 30 daqiqalik videorolikda IShID terrorchilari XXR raisi Si Szinpinning suratini yondirib, ilk bor Xitoyga tahdid qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Biz jabrlanganlar uchun o‘ch olishda daryolab qon oqizamiz”, — deyiladi videolavhada.
Shu tariqa, IShID Iroq va Suriyaga urushga ketgan 100 nafardan 300 nafargacha bo‘lgan uyg‘ur ayirmachilarini qo‘llab chiqmoqda.
Video uyg‘ur jangarilarning Suriyada o‘z uyidagidek mashq qilayotganini va Xitoyga hujum qilishga tayyorlanayotganini tasdiqlaydi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.