Amerikalik aktrisa Natali Portman qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda aktrisa vakiliga tayanib People nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Natali Portman va uning turmush o‘rtog‘i Benjamin Millpye qizaloqning ota-onasi bo‘ldi”, — deydi aktrisa vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, aktrisa farzandini 22-fevral kuni dunyoga keltirgan. Qizaloqqa Amaliya deb ism qo‘yishdi.
“Ona va bola baxtli va sog‘lom”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Bu Portman va uning turmush o‘rtog‘ining ikkinchi farzandidir. 2011-yilda aktrisa o‘g‘illi bo‘lgan va unga Alef deb ism qo‘yishgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!