Toshkentdagi Amir Temur maydonini Ohangaron yo‘li bilan bog‘laydigan Taraqqiyot ko‘chasi turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli sharafiga qayta nomlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Toshkentda Mahtumquli nomini abadiylashtirish bo‘yicha Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining taklifi xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan 1-mart kuni tasdiqlangan.
Toshkentning Mirobod va Yashnobod tumanlaridan o‘tgan ko‘chaning nomi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6—7-mart kunlari Turkmanistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida o‘zgartirildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!