O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi arafasida Samarqandda Islom Karimov dafn etilgan joyda yodgorlik majmuasi qad rostlaydi. Bu haqda, “Axborot” reportajiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Axborot”da ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning uchta shahrida o‘rnatiladigan Islom Karimov haykallari loyihalari, shuningdek, Samarqandda bunyod etiladigan yodgorlik majmuasi chizmalari bilan tanishgan.
Xabar berishlaricha, majmua interyeri va eksteryeri Qur’on suralari va oyatlari bilan bezatiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!