“Motor” nashri mashhur soatsoz kompaniyalarning logotiplarini qanday avtomobillarda ko‘rish mumkinligi haqida hikoya qildi.
IWC
Shveysariyaning Shaffxauzen shahrida joylashgan IWC kompaniyasi xronometri faqat AMG versiyasidagi avtomobillarda uchraydi. Bundan tashqari, IWC AMG logotipli qo‘l soatlarini ham chiqaradi.
IWC’ning lyuks soati Mercedes-Maybach saloniga ham o‘rnatilgan.Breitling
Kryudagi zavodni tark etadigan Bentley avtomobillarining deyarli barchasi Breitling elegant xronometri bilan jihozlangan. Bentley Bentayga’ga o‘rnatiladigan eksklyuziv turbiyon esa oltin va brilliantlar bilan bezatilgan bo‘lib, qiymati butun mashina narxiga teng.Bremont
Britaniyaning Bremont va Jaguar brendlari o‘rtasidagi kelishuv natijasi o‘laroq, Jaguar C-X75 konseptual superkari va XJ75 Platinum superlimuziniga Bremont soatlari o‘rnatildi.Parmigiani Fleurier
2009-yilda namoyish etilgan Bugatti Galibier konseptual sedanida Parmigiani Fleurier soatlari o‘rnatilgandi. Ularni torpedodan olib, bilakka taqish ham mumkin edi.Thommen
Thommen kompaniyasining soat mexanizmi o‘rnatilgan Rolls-Royce Phantom Coupe birinchi marta besh yil avval taqdim etilgan edi.BRM Chronographes
Avtomobil ishlab chiqaruvchi va soat markasi o‘rtasidagi eng so‘nggi hamkorlik namunalaridan biri — eng yangi DS 7 krossoveriga o‘rnatilgan R180 xronografi, u BRM Chronographes firmasi tomonidan yaratilgan.