Dalay-lamaning Arunachal-Pradesh shtatiga tashrifi Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Hindiston tomoni Dalay-lama va Xitoy—Hindiston chegara masalalalari jiddiy ekanligini juda yaxshi tushunadi. Shunday vaziyatda Hindiston Pekin va Nyu-Deli o‘rtasidagi bahslarga sabab bo‘lib turgan hududga Dalay-lamani taklif etmoqda. Bu chegara mintaqasida barqarorlikning buzilishi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishiga olib kelishi mumkin”, — deya ta’kidladi Gen Shuan.
OAVlarga ko‘ra, 1959-yildan beri Hindistonning Dxaramsala shahrida yashab kelayotgan Dalay-lama mahalliy rasmiylar taklifiga binoan aprel oyi boshlarida Arunachal-Pradesh shtatiga tashrif buyuradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!