Xonanda Lola o‘zining baxtini ko‘rolmayotganlarga baxt, mehr-muhabbat tilab, Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.
“Xayrli tong, azizlarim. Avvalgi postlarimga yozib qoldirilgan izohlarni o‘qir ekanman, yana bir marta shunga amin bo‘ldimki, odamlar boshqalar uchun xursand bo‘lishni bilmaydi. Ular o‘zganing muvaffaqiyati va yutuqlarini xayrixohlik bilan qabul qila olmaydi.San’atkorning Instagram’ga joylashtirgan Spa-salonida olingan suratlari muxlislarning tanqidiga uchradi. Xonanda tanqidlarga javoban odamlarni boshqalarning yutuq va muvaffaqiyatlarini ko‘ra olmaslikda aybladi.Bizning odamlar shunday yaralgan. Rahm qilishga hamma vaqt tayyor, xursandchilikni bo‘lishishga kelganda esa yurak dosh bermaydi! Bu qayg‘uli. Men qayg‘u va afsus bilan bu haqda yozmoqdaman. Har bir muvaffaqiyat ortida katta mehnat yotadi. Eng asosiysi esa hayotdagi eng og‘ir damlarda ham ezgulikka ishonish. Hayotda sizdan biroz ko‘proq yutuqlarga erishganlarga jahl qilmang, ulardan nafratlanmang. Aksincha, hozir nima haqida o‘ylayotganingizga e’tibor bering. Axir, aynan shu o‘ylaringiz sizning kelajagingizga aylanadi. Muhabbat, muvaffaqiyat, omad, baraka va xursandchilik haqida o‘ylang va bular bilan kelajakda zavqlaning! Men hammaga baxt tilayman! Hammaga mehr-muhabbat tilayman!”
Lola, xonanda
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!