Mehmonxonadagi eng zarur bo‘lgan mebellarni to‘g‘ri joylashtirish — unda vaqtingizni yoqimli va qulay o‘tkazishning garovi. Agar bu xona kichkina va shifti past bo‘lsa, u holda bu xonani jihozlashda muayyan tamoyillar va chizmalar yordam berishi mumkin.
Diagonallardan foydalaning
Televizor tagiga qo‘yiladigan tumbani burchakka joylashtirsangiz xona o‘rtasida bo‘sh joy ko‘payadi.Dam oladigan joy eshikdan uzoqroq bo‘lsin
Iloji bo‘lsa mebellarni shunday joylashtiringki, dam olish joyi eshikdan uzoqroq bo‘lsin.Oynadagidek aks ettiring
Kichkina mehmonxonalar uchun “aks ettirish” usuli juda qo‘l keladi. Hamma jihozlarni juft-juft qilib oling va ularni bir-biriga nisbatan oynada aks etayotgandek joylashtiring.Manba: “Homester.com”