O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 16-fevraldagi buyrug‘i bilan barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Ro‘yxatdan 34 nomdagi dori vositalari chiqarib tashlandi, 10 nomdagi dorilar esa ro‘yxatdagi boshqa dori vositalari o‘rnini bosuvchi dori vositalari sifatida ko‘rsatildi.
Dastlabki ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Hujjat 2017-yil 13-martdan kuchga kiradi.