O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 28-fevral kuni Jahon banki loyihasi rahbari A.Shrivastava va BMT Taraqqiyot dasturining Seuldagi global siyosat masalalari bo‘yicha markazi direktori B.Xorvat boshchiligidagi birlashgan guruh missiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Senat axborot xizmatining xabar berishicha, bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar missiyaning O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, “O‘zbekistonda investitsiya muhitini takomillashtirish” loyihasining maqsadlari va muddatlari hamda ushbu loyihaning konsepsiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)