“Profilaktika kuni” doirasida Buxoro viloyatidagi Shofirkon iqtisodiyot kollejida huquq-tartibot idoralari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati.
Tadbirda davomat va yoshlar tarbiyasi muammolari haqida so‘z yuritildi.
Qayd etilishicha, 2016-yil tumandagi o‘quvchilar tomonidan 4 ta jinoyat sodir etilgan. 172 nafar voyaga yetmagan yigit-qiz turli huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mazkur ko‘ngilsiz holatlarning aksariyati davomati past o‘quvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu kabi holatlarga barham berish uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari, shuningdek, jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash zarur, deya ta’kidlandi tadbirda.
Shuningdek, davomati o‘ta past yoki darsga bormaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarning ota-onalari bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularga bunday loqaydlikning oqibatlari, mavjud qonunchilikdagi tartib-tamoyillar xususida tushuncha berildi.
Izoh (0)