Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev norasmiy muhitda muloqot qildi, deb yozadi “RIA Novosti” Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
Davlat rahbarlari 26-fevral, yakshanba kunini birgalikda o‘tkazib, Olmaota yaqinidagi tog‘-chang‘i kurortida sayr qildi.
Yetakchilar 27-fevral, dushanba kuni Olmaotada rasmiy uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda, shundan so‘ng Putin Tojikiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.
Putinning ushbu uch mamlakatga tashrifi Rossiyaning ular bilan diplomatik aloqalar qurganiga 25 yil to‘lishiga bag‘ishlanadi.