Odatda uylar g‘isht va penoplast materiallaridan quriladi. Shunday materiallar borki, ulardan qurilgan uylar o‘zining noodatiyligi bilan har qanday insonni hayratga soladi. Qiziqarlisi, bu xomashyolarning aksariyatini kundalik hayotda uchratish mumkin. Billonnews nashri ana shunday xomashyolar yordamida qurilgan uylar jamlanmasini taqdim etdi.
Shampan vinosi idishlaridan qurilgan uy
Ukrainaning Zaporoje shahrida yashovchi ishchi tomonidan dala hovlida qurilgan uy qo‘shnilar va mehmonlarni hayratga solmoqda.Puldan qurilgan uy
Uy ishsizlik nafaqasi hisobiga yashovchi irlandiyalik rassom tomonidan qurilgan. Uyni qurishda ishlatilgan kupyuralarning umumiy miqdori 1,4 milliard yevroni tashkil qilgan. Qiziqarli jihati shundaki, rassom qurilish uchun bir sent ham sarflamagan. U bank tomonidan yaroqsiz deb topilgan kupyuralardan foydalangan.Samoviy fikrlar bog‘i
Shotlandiyada joylashgan bog‘ omma uchun yiliga bir kun davomida ochiladi. Bog‘ landshaftini yaratish va tuproqqa ishlov berishda eng sifatli asbob-uskunalar ishlatilgan.Somondan qurilgan uy
Turar joy qurish uchun somondan foydalanish mumkin. Uning afzalligi arzon xomashyo ekanligi bo‘lib, bunday inshoot ichida issiqlik uzoq vaqt saqlanadi. Uy turli tashqi ta’sirlarga chidamli hisoblanadi.Tuproq to‘ldirilgan qoplardan qurilgan uy
Tuproq qurilish uchun tekin xomashyo bo‘lib, qoplarga joylansa, mustaqil ravishda kichkina uy qurish mumkin. Muhim jihati shundaki, tuproq juda quruq bo‘lmasligi kerak. Qoplar bir qator teriladi va tikanli simlar yordamida mustahkamlanadi.Loy va o‘tindan qurilgan uy
Bunday uyni qurish uchun o‘tinlarning uzunligi bir xil bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu juda qiyin jarayon bo‘lib, ko‘p miqdorda o‘tin talab qilinadi. Uy issiqlikni juda yaxshi saqlaydi.Yuk konteynerlaridan qurilgan uy
Uy qurishning juda arzon yo‘li. Konteyner ichini har kim o‘z xohishiga ko‘ra jihozlashi mumkin. Bir nechta konteynerlar birlashtirilsa, ko‘p xonali uy hosil bo‘ladi.Shinalar va chiqindilardan qurilgan uy
Chiqindilar muammosiga qarshi kurashuvchi arxitektor Maykl Reynolds o‘z yordamchilari bilan yashash uchun qulay uy qurdi. Maykl shinalarni qum bilan to‘ldirdi. Qurilishda bankalar, qog‘oz qutilar va boshqa qattiq chiqindilardan foydalanilgan.Vino qopqoqlaridan qurilgan uy
Chexiyalik pensioner vino qopqoqlaridan uy qurdi. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, uyni qurish uchun, taxminan, 180 mingta tiqin ishlatilgan. Bu miqdordagi qopqoqlarni yig‘ish uchun qariyaga mahalliy vino ishlab chiqaruvchi ko‘maklashgan.“Lego” uy
Jeyms Mey bolalarning lego o‘yinchoqlaridan haqiqiy uy qurdi. Quruvchining hisobiga ko‘ra, uy qurish uchun kerak bo‘lgan detallarning taxminiy miqdori 816 milliontani tashkil qiladi.Kartondan qurilgan uy
Bunday uylarni kamdan-kam ko‘rish mumkin bo‘lsa ham, karton juda mustahkam xomashyo hisoblanadi. U 12 tonnagacha og‘irlikni ko‘tara oladi. Karton qurilishga puxta tayyorlansa, mustahkam xomashyoga aylanadi.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)