Muxolifat partiya yetakchisining tarafdorlari tomonidan o‘tkazilayotgan mitingga Omurbek Tekebayevni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qirg‘izistonning sobiq davlat rahbari Roza Otunbayeva tashrif buyurdi. Bu haqda KNews xabar bermoqda.
Roza Otunbayeva “Otamakon” partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayevni ozod qilib, unga nisbatan uy qamog‘i belgilanishini so‘radi.
Biz Tekebayevni Qirg‘izistonda boshqaruvning parlament shakli asoschisi sifatida taniymiz. Aybsizlik prezumpsiyasi mavjud bo‘lib, Tekebayevga unga 100 foiz mos tushadi.Eslatib o‘tamiz, parlament muxolifati tarkibiga kiruvchi “Otamakon” partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayev Bishkek aeroportida qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Roza Otunbayeva, Qirg‘izistonning sobiq davlat rahbari