2017-yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston—AQSh munosabatlari masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida 2017-yilning 1-fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Amerika—O‘zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi yakunlari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)