Bugun — 25-fevral kuni Angliya va Ispaniya chempionatlarida tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tumanli Albionda 26-tur bellashuvlari start olsa, La ligada 24-tur davom etadi. Ispaniyada turning bitta o‘yini kecha o‘tkazilgandi.
Angliya
UzReport telekanali bugun 2 ta bellashuvni jonli efirda ko‘rsatadi. 20:00 dan e’tiboran “Chelsi” — “Suonsi” o‘yini translyatsiya qilinsa, “Vest Hem”ning “Uotford” maydonidagi to‘qnashuvi Londondagi bellashuv nihoyasiga yetishi bilan boshlanadi.Angliya Premyer-ligasi 26-tur 25-fevral, shanba
“Vest Bromvich” — “Bornmut” — 20:00“Kristal Pelas” — “Midlsbro” — 20:00“Xall Siti” — “Byornli” — 20:00“Chelsi” — “Suonsi” — 20:00“Everton” — “Sanderlend” — 20:00“Uotford” — “Vest Hem” — 22:30
Ispaniya
UzReport bugun La ligaga e’tiborini qaratmaydi. Markaziy o‘yinlar 26-fevral — yakshanba sanasida bo‘lib o‘tishi sababli, barcha e’tibor shu kunga tushirilgan.Ispaniya La ligasi 24-tur 24-fevral, juma
“Las-Palmas” — “Real Sosyedad” 0:1
Gol: Xabi Priyeto, 74 (0:1).25-fevral, shanba“Alaves” — “Valensiya” — 17:00“Betis” — “Sevilya” — 20:15“Leganes” — “Deportivo” — 22:30“Eybar” — “Malaga” — 00:45