Samarqand viloyati Matbuot uyida o‘tkazilgan anjumanda kommunal sohada uchrayotgan muammolar shu soha rahbarlari ishtirokida muhokama etildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugungi kunda aholidan tushayotgan eng ko‘p murojaatlar aynan kommunal xizmatlar yuzasidan ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, debitor qarzdorlik ham eng katta muammolardan biri bo‘lib turibdi.
Misol uchun, birgina elektr energiyasidan 2017-yil birinchi yanvar holatiga 660 milliard so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Tabiiy gazdan esa bu qarzdorlik 601 milliard so‘mni tashkil etadi.
Yanvar oyida 8,1 milliard so‘mlik tabiiy gazning puli to‘lanmagan. Bu esa xizmat sifatiga yil sayin yomon ta’sir o‘tkazmoqda.
Har kuni ellik nafardan ziyod iste’molchi asossiz qarzdorlik bo‘yicha bizga murojaat qiladi. Ko‘pincha bunday qarzdorlik hisoblagichlardan noto‘g‘ri foydalanish, iste’mol qilingan tabiiy gaz pulini nazoratchilarga topshirish orqali yuzaga kelmoqda. Asossiz tarzda qarzdor bo‘lib qolayotgan iste’molchilar ham bor. Aytish lozimki, nazoratchining tabiiy gaz pulini iste’molchidan talab qilishi qonunga ziddir. Agar qarzdorlik mavjud bo‘lsa, nazoratchi ogohlantirishi mumkinAnjumanda ta’kidlanishicha, yil oxiridan boshlab yangi turdagi elektron hisoblagichlarni gazta’minot idoralari hisobidan xonadonlarga o‘rnatish boshlanadi.Shukrullo Mahmudov, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi direktori
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)