G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol klubi 40 yoshli Akmal Xolmatov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Yarim himoyachi bunga qadar “So‘g‘diyona” mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgandi. Shartnoma esa “Sho‘rtan”ga to‘g‘ri keldi. Tojikistonda tavallud topgan Xolmatov bunga qadar “Neftchi”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi O‘zbekiston klublarida to‘p surgan.
Shartnoma qanchaga mo‘ljallangani ma’lum qilinmagan. Aleksandr Volkov boshchilik qilayotgan “Sho‘rtan” bunga qadar 36 yoshli ukrainalik Aleksandr Pishurni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Ma’lumot uchun, Akmal Xolmatov O‘zbekiston pasportiga ega futbolchi hisoblanadi. U Tojikiston terma jamoasi o‘yinlariga O‘zbekiston pasporti bilan yo‘l olgan paytlar bo‘lgan. O‘tgan yil Tojikistonning “Istiqlol” klubida o‘zbekistonlik legioner sifatida ro‘yxatda o‘tkazilgan. Shundan kelib chiqilsa, Xolmatov “Sho‘rtan” uchun legioner hisoblanmaydi.
Xolmatov va Pishur futbolchilik faoliyatini “Sho‘rtan”da yakunlaydimi yoki O‘zbekistonning boshqa bir klubiga kerak bo‘ladimi — hozircha aniq emas.
Izoh (0)