AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashingtonning nufuzli Kalorama tumanidan 5,6 million dollarga uy xarid qildi. Bu haqda Washingtonian jurnali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, xarid 10-fevral kuni — Amerika Kongressi Senati Reks Tillerson tayinlovini ma’qullagandan bir hafta o‘tib amalga oshirilgan.
Avvalroq Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner ham Kaloramada, Barak Obama ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan joy yaqinidan turar joy olish uchun hujjatlarni imzolaganligi ma’lum qilingan edi.
Barak Obama qizi Sashaga maktabni yakunlab olish imkoniyatini berish uchun rafiqasi Mishel bilan yana bir necha yil Vashingtonda yashamoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)