Fransiya chempionatida yetakchilik qilayotgan “Monako” futbol klubi kuchli beshlik klublari orasida eng ko‘p gol urgani bilan ajralib turibdi. Bu borada Leonardu Jardim shogirdlari mavsum boshidan buyon 111 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalgi statistikada “Monako” va “Barselona” klublarining hammadan oldinroq 100 ta gol urib ulgurgani qayd etilgandi. “Monako” Chempionlar ligasi pley-offida 3 ta gol urib, Ispaniyaning amaldagi chempionidan ilgarilab ketdi.
12 yillik rekord
“Monako”ning “Manchester Siti”ga qarshi o‘yini Chempionlar ligasi pley-offining so‘nggi 12 yildagi eng sermahsul o‘yini bo‘ldi. Boisi unda darvozalarga jami 8 ta gol urildi.2005-yilgi mavsumda Fransiyaning “Lion” klubi o‘z maydonida “Verder” ustidan 7:2 hisobida zafar quchib, yakunda chorak finalga yo‘llanma olgandi. Mazkur bellashuv Chempionlar ligasi pley-offida eng ko‘p gol urilgan o‘yin bo‘lib turibdi.
Antirekord
“Monako” Chempionlar ligasidagi ishtiroki davomida hech qachon 5 ta gol o‘tkazib yubormagandi. “Manchester Siti” klubi Fransiya chempionati yetakchisini shunga majbur qila oldi.O‘z navbatida “Manchester Siti”ga Chempionlar ligasida 5 ta gol urish ikkinchi bor nasib qildi. “Shaharliklar” birinchi marta 2013-yilning noyabirida “SSKA” darvozasiga 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Kilian Mbappe
18 yoshidayoq Yevropaning top klublari nigohida bo‘lib turgan Kilian Mbappe “Manchester Siti” darvozasiga ham gol urishning uddasidan chiqa oldi. Bu borada u Chempionlar ligasining pley-offida muvaffaqiyat qozongan eng yosh fransiyalikka aylanib oldi.18 yosh-u 2 oylik vaqtida fransiyalik futbolchilardan hech biriga Chempionlar ligasining pley-offida gol urish nasib qilmagandi.
Guruh bosqichidagi rekord esa Karim Benzemaga tegishli. Madridning “Real” klubi a’zosi 17 yosh-u 11 oyligida “Lion” uchun gol urib, jamoasining “Rusenborg” ustidan zafar quchishiga o‘z hissasini qo‘sha olgandi. Pley-offda u ilk golini 20 yoshga qadam qo‘yibgina urdi. O‘shanda “Lion” Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bilan to‘qnash kelgandi.
Izoh (0)