Namangan viloyati Norin tumanidagi Toshloq qishloq fuqarolar yig‘inidagi xonadonlardan birida yuzaga kelgan janjal oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati.
Xonadon sohibi — 1961-yilda tug‘ilgan, ayni damda ishsiz bo‘lgan fuqaro mast holda 1983-yilda tug‘ilgan ishlamaydigan mahalladoshini kaltaklagan.
Tanasining turli joylari jarohatlangan fuqaro kasalxonaga yotqizilgan. Biroq jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayotdan ko‘z yumgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir jarayonida mahalladoshining qotiliga aylangan shaxs qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotidan
Izoh (0)