Samarqand viloyatining Jomboy tumanida paxta maydonlari keskin qisqartirilib, g‘alla, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilikni rivojlantirish, zamonaviy issiqxona xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb yozadi O‘zA.
2016-yilda tumandagi “Maroqand meva-sabzavot” fermer xo‘jaligida 350 gektar maydonda pomidorning intensiv navlari yangi usulda ekilib, parvarishlandi.
Italiyadan keltirilgan maxsus seyalka yordamida urug‘ tarzida ekilgan pomidorning gektaridan o‘rtacha 80 tonnadan hosil olindi.
To‘qson kunda pishib yetilgan hosil Germaniyadan keltirilgan maxsus kombaynlar yordamida terib olindi va qayta ishlanib, xorijga eksport qilindi. Bu yil xo‘jaligimizda yana ham ko‘proq maydonda yangi usulda pomidor yetishtirish va hosildorlikni 100 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.O‘tgan yili tumandagi 22 fermer xo‘jaligining 20 gektar yerida yangi ekin turlari – pasternak, sikori, keyl karami, yashil qovoqcha, pirey piyozi (lukpari), brokli karami sinovdan o‘tkazildi.I.Tursunov, “Maroqand meva-sabzavot” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi
Yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi korxonalarda qayta ishlanib, xorijga eksport qilindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!