Avstraliya OAVlar vositachiligidagi AQSh o‘gitlarini o‘qimaydi va prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ham shu kabi yondashuvni kutadi. Bu haqda bosh vazir Malkolm Ternbull Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Biz samimiy maslahatlar beramiz va fikrlarimizni amerikalik hamkasblarimiz bilan oshkora bo‘lishamiz.U Avstraliya ommaviy axborot vositalari vositachiligida AQShga ma’ruzalar o‘qimayotganligiga e’tibor qaratdi.Malkolm Ternbull, Avstraliya bosh vaziri
Ternbull bir necha marta prezident Tramp bilan suhbatlashganligini eslatib o‘tdi. “Bizning suhbatlarimiz konstruktiv, ochiq va oshkora bo‘lgan”, — dedi vazir va Avstraliya hukumati Oq uyga Tramp kelgandan so‘ng Vashington bilan munosabatlar rivojiga yondashuvni o‘zgartirmaganligiga urg‘u berdi.
Amerikalik do‘stlarimiz bilan muloqot olib borganda o‘zimizning haqiqatimizni ochiq ilgari suramiz.5-fevral kuni Channel Nine’ga intervyusida Avstraliya bosh vaziri uning hukumati Barak Obama bilan erishilgan kelishuvni bajarishga rozilik berganligi uchun prezident Tramp oldida qarzdor emasligini ma’lum qilgan edi. Kelishuv Avstraliyaning Manus oroli va Nauru orol-davlatidagi noqonuniy muhojirlarni Qo‘shma Shtatlarga joylashtirishni nazarda tutadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Malkolm Ternbull, Avstraliya bosh vaziri