2017-yilning yanvar oyida Rossiyada GM Uzbekistan kompaniyasining 445 ta Ravon avtomobili sotildi. Bu haqda Yevropa biznes assotsiatsiyasining avtomobil ishlab chiqaruvchi qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
2017-yil yanvar oyi yakuniga ko‘ra, GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 0,6 foizni tashkil qilgani ta’kidlanmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar sotilish hajmi bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan’ning hech qaysi modeli hisobot davrida eng yaxshi sotiladigan avtomobillarning Top-25 reytingiga kirmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)