Sukerberg globallashuv jarayonlariga ko‘maklashishga va’da berdi

Facebook kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg globallashuv jarayonlari dunyoda yanada faolroq kechishiga erishmoqchi. Bu haqda tadbirkorning rasmiy sahifasiga joylangan bayonotda aytiladi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

“Ayni paytda insoniyat shaharlar va davlatlar darajasida, shuningdek, dunyo hamjamiyati sifatida ham birlashishi progress uchun zarur”, — dedi Sukerberg. U Facebook odamlar jipslashib, dunyo hamjamiyatini shakllantirishi tarafdori ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu, xususan, terrorchilik bilan yanada samaraliroq tarzda kurashish, sayyorada iqlim o‘zgarishiga qarshi harakat qilish, shuningdek, epidemiyalar oldini olish imkonini beradi.

“So‘nggi o‘n yillikda Facebook qarindoshlar va do‘stlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga e’tiborini qaratdi”, — dedi kompaniya rahbari. U Facebook’ning keyingi maqsadi dunyodagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirishga imkon beruvchi “ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish” bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing