Qatar Yulduzlar ligasining 21-turiga kelib o‘zbekistonlik futbolchilar harakat qilayotgan ikki klub o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Al-Haraytiyat” sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan Sardor Rashidovning “Al-Jaish” klubini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda Tursunov to‘liq — 90 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Sardor Rashidov 67-daqiqada o‘z o‘rnini qatarlik futbolchiga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Qayd etish kerak, bir tur muqaddam “Al-Haraytiyat” Sanjar Shoahmedov va Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘ynayotgan “As-Sayliya” klubidan ham ustun kelgandi. Ayni vaqtda Tursunov va jamoadoshlari turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib olgan. “Al-Jaish” esa mag‘lubiyatidan keyin kuchli uchlikni yakunlab turgan “Ar-Rayyan”dan 5 ochko ortda qolishni boshladi.

20 ochko bilan 11-o‘ringa tushib ketgan “As-Sayliya” bugun — 17-fevral kuni “Al-Ahli” maydonida saf tortadi.

Qatar Yulduzlar ligasi

21-tur

16-fevral, payshanba

“Al-Haraytiyat” — “Al-Jaish” 2:1

Gollar: Romarinyo, 7 (0:1). Abdulaziz An-Ansori, 63 (1:1). Tiberkanine, 64 (2:1).

Foto: Soccerway

Foto: Soccerway