O‘zbekistonlik gidlar assotsiatsiyaga birlashadi

2017-yilning 21-fevralida — Jahon ekskursovodlar kunida ilk bor O‘zbekiston gidlari forumi bo‘lib o‘tadi. Forum turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilmoqda, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Unda gidlar faoliyatiga bog‘liq muhim masalalar muhokama etiladi. O‘zbekiston Gidlari assotsiatsiyasining tashkil etilishi, shuningdek, Gidlar kodeksining qabul qilinishi forumning eng asosiy voqealari bo‘lishi kutilmoqda.

Forum ishtirokchilari Jahon sayyohlik gidlari uyushmalari federatsiyasining gidlar bilan ishlash me’yorlari va qoidalari bilan tanishtiriladi. KOICA xalqaro eksperti ular uchun mahorat darsi o‘tkazadi.

Forumda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 70 dan ortiq professional gid ishtirok etishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing