MTRK raisi o‘rinbosariga aylangan Xayrulla Nuriddinov, nega qamalganini bildirgan Abdulla Qurbonov, “Bunyodkor” ustozini tanqid qilgan Sardor Rashidov va kunning boshqa qiziqarli xabarlari

17-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Darakchi.uz”

Foto: “Darakchi.uz”

1. Isroil bosh vaziri: Arab davlatlarining ko‘pchiligi mamlakatimizga nisbatan munosabatini o‘zgartirdi. “Ularning aksariyati hozir Isroilda dushmanni emas, Eron va IShID tug‘dirayotgan yanada keng ko‘lamli xavfga qarshi turishda ittifoqdoshni ko‘rmoqda”.

2. “O‘zavtosanoat” Tohir Jalilovning boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari etib tayinlanganini tasdiqladi. Tohir Jalilov bungacha GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

3. Xayrulla Nuriddinov MTRK raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U o‘z vaqtida “Yoshlar” teleradiokanaliga direktorlik qilgan.

4. Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi. Unga yaqin tanishlaridan biri, qo‘shiqchining rad etishiga qaramay, unga giyohvand moddani “hadya tariqasida” bergan.

5. Sardor Rashidov: Lushchan intervyu berishdan oldin ichib olgan bo‘lsa kerak. Uni professional deb hisoblamayman. Avvalroq “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sardor Rashidovni tilga olib o‘tgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing