Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi LG G6 smartfoni UX 6.0 foydalanish interfeysi bilan jihozlangan bo‘lib, u FullVision® displeyining barcha imkoniyatlaridan bahra olish imkonini beradi.

900_600_st_G6

18:9 (2:1) nisbatidagi FullVision displeyi QHD+ (2880×1440 nuqta) o‘lchamli bo‘lib, 5,7 dyuymli ekran burchaklari yarim aylana shaklga ega va telefonning old qismini deyarli to‘liq qoplaydi. Yangi telefon dizayni shunday ishlanganki, unda zamonaviy raqamli axborotlarni ko‘rish juda qulay.

FullVision tasvirning yuqori sifatini ta’minlaydi. Balandligi kengaytirilgan katta ekran veb-sahifalarni ko‘rish yoki elektron kitoblarni o‘qishda ko‘proq ma’lumotni aks ettiradi. Videoroliklar va kompyuter o‘yinlar bunday ekranda haqiqatga juda yaqin ko‘rinadi.

Yangi interfeys FullVision ekranining barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni qulaylashtiradi. Masalan:

  • ko‘rilayotgan ma’lumotlarni (videoroliklar, veb-sahifalar) turiga ko‘ra aks ettirish formatining turli xil sozlamalari;
  • kameraning yanada yaxshilangan interfeysi 18:9 nisbatidagi ekranning butun qismini qamrab oladi, kontent olishning ajoyib usullari qo‘shilgan;
  • foydalanuvchining GUI — grafik interfeysi ekranni yonma-yon ikkiga ajratish imkonini beradi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bir necha ilovalar bilan ishlashni osonlashtiradi, pochta, messenjerlar, taqvim va boshqa ilovalarni kuzatishni yanada qulaylashtiradi.

LG G6 — premium toifasidagi smartfon hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda, tobora ko‘proq filmlar, ilova va o‘yinlar 18:9 ekraniga moslashtirilmoqda.

Telefon kamerasining yangi funksiyasi ham 18:9 o‘lchamli displey yordamida ta’minlangan. Endi suratga olish yanada qulay va qiziqarli. Katta ekranda bir vaqtning o‘zida yangi suratlarni olish va olinganlarini ko‘rish ham mumkin.

LG UX 6.0 interfeysida Square Camera (kvadrat kamera) funksiyasi mavjud bo‘lib, u ekranni ikkita bir kvadratga bo‘ladi. Bu esa 1:1 nisbatdagi suratlar olish imkonini beradi. Bundan tashqari, suratga olishning yangi Food Mode tartibi paydo bo‘ldi. Yana animatsiyalashgan, 2 tadan 100 tagacha suratlardan gif-fayllarni yaratish mumkin.

“FullVision ekranli LG G6 telefonini ishlab chiqishga tajribali kinematografistlarning fikrlari turtki berdi. Ularning fikricha, 18:9 formati — eski kinolarni ham va hozirgi raqamli dunyo mahsulotlarini tomosha qilish uchun ham juda qulaydir, — deb qayd etgan LG Electronics and Mobile Communications Company prezidenti Juno Cho. — Biz bu g‘oyani nafaqat yangi smartfonimizga joriy etdik, balki bu sohada yanada rivojlanib, 18:9 nisbatidagi ekrandan foydalanishning ko‘plab usullarini ishlab chiqdik. Men LG G6 smartfonining ish samaradorligi oshganini mijozlar yuqori baholashiga ishonaman”.

LG G6 18:9 nisbatidagi ekran imkoniyatlaridan eng maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi. Endilikda qo‘ng‘iroq oynasini aloqalar ro‘yxati yonida ochsa bo‘ladi. Suratlarni mediapleyerni sozlash chog‘ida ham ko‘rish mumkin. Bir nechta kvadrat suratlarni birlashtirish bilan kollajlarni yasash mumkin. Bu hali hammasi emas.

Foydalanuvchi ekranning yarmida veb-sahifani ko‘rishi, ikkinchi yarmida qaydnomalarni kiritishi mumkin. “Taqvim” ilovasida G6 gorizontal holatga o‘girilganda, uning ekranining chap tomonida taqvim, ikkinchisida uchrashuv va hodisalarning to‘liq jadvali paydo bo‘ladi. Ko‘poynali interfeys imkoniyatlari bular bilan chegaralanmagan.

LG G6 smartfoni 26-fevral kuni Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan MWC 2017 ko‘rgazmasida rasman taqdim etiladi. UX 6.0 interfeysi imkoniyatlari bilan ushbu video orqali tanishish mumkin:

Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan.