Arab davlatlarining ko‘pchiligi Isroilga nisbatan munosabatini o‘zgartirdi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu MSNBC telekanali jurnalistlariga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Ularning aksariyati hozir Isroilda dushmanni emas, Eron va IShID tug‘dirayotgan yanada keng ko‘lamli xavfga qarshi turishda ittifoqdoshni ko‘rmoqda. Mazkur ikki kuch barchamizga tahdid solmoqda. Bu esa bizni yaqinlashtirib, tinchlikka erishish borasida ko‘mak berishi mumkin.

Binyamin Netanyaxu, Isroil bosh vaziri

Isroil bosh vaziri shu hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida AQSh prezidenti Donald Trampni ham bu haqda xabardor qilganini bildirdi. U aynan qaysi arab davlatlari Isroilga nisbatan munosabatini o‘zgartirganiga aniqlik kiritmadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvda Tramp Isroil bosh vaziriga Falastin hududlarida manzilgohlar qurishdan tiyilishni maslahat berdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!