“E’tirof — 2016” taqdirlash marosimida “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan aktyor Farhod Mahmudov o‘z  kechinmalari va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

Farhod Mahmudov. Foto: “Darakchi.uz”

Farhod Mahmudov.
Foto: “Darakchi.uz”

Men bundan 28 yil avval Rossiyaga o‘qishga ketganman.

Rustam Sa’diyev ‘Baron’da suratga tushish taklifi bilan menga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakni qo‘yib, ancha paytgacha qotib turdim. Shunda o‘g‘lim mendan nima bo‘lganini so‘radi. Men unga bu qo‘ng‘iroqni 28 yil kutganimni aytdim. Bu mo‘jiza edi.

Filmimizni Shavkat Mirziyoyev tomosha qilganini eshitganimda o‘zgacha g‘ururga to‘ldim. Aytgancha, u inson o‘sha paytda O‘zbekiston bosh vaziri edi. Hozir esa O‘zbekiston prezidenti. Ishonchim komil, bunday Prezident bilan O‘zbekiston madaniyati kelgusida yanada rivojlanadi.

Farhod Mahmudov, aktyor

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!