Uorren Baffetning Berkshire Hathaway investitsiya jamg‘armasi Apple kompaniyasi aksiyalari narxining o‘sishi tufayli 1,1 milliard dollarga yaqin daromad qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Kluber”

Foto: “Kluber”

Ma’lum qilinishicha, Berkshire Hathaway 2016-yilning sentabri oxiridan dekabri oxiriga qadar Apple’ning 42,13 million aksiyasini xarid qilgan va ushbu kompaniya qimmatli qog‘ozlaridagi o‘z paketini 57,36 million aksiyaga yetkazgan.

2017-yilning boshidan buyon o‘tgan olti hafta ichida Apple aksiyalari narxi 16,6 foizga o‘sdi.

Shu tariqa Berkshire Hathaway tomonidan 2016-yilning to‘rtinchi choragida xarid qilingan aksiyalar qiymati endilikda 1,1 milliard dollarga qimmatlashdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!