Toshkentdagi Talabalar ko‘chasining ta’miri 504 mln so‘mga baholandi. Ta’mirlash ishlari qachon boshlanishi noma’lum

Toshkent Obodonlashtirish bosh boshqarmasi shahardagi eng abgor yo‘llardan birining kapital ta’mirini 504 million so‘mga baholadi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bir necha yildan beri juda yomon ahvolda qolayotgan Talabalar ko‘chasidagi yo‘lni ta’mirlashni so‘rab, O‘zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

Murojaat shahar hokimiyatiga, u yerdan esa Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga tushirilgan.

Javob xatida mazkur masala ko‘rib chiqilgani, 12 600 kvadrat metr yo‘lni kapital ta’mirlash lozimligi aniqlangani, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bunga 504 million so‘m kerakligi ma’lum qilingan.

Ta’mirlash ishlari qachon boshlanishi va yakunlanishi hozircha noma’lum. Boshqarma vakillari shahar hokimi mablag‘ ajratishi bilan ta’mirlash ishlarini boshlashini bildirgan. Hokim qachon mablag‘ ajratishiga aniqlik kiritilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing