O‘zbekistonda ijodiy safarini o‘tkazayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi Farg‘ona viloyatida kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati

Mehmonlarga Madaniyat va sport ishlari vazirining madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F. Jalolov boshchiligidagi o‘zbek teatr san’ati vakillari hamrohlik qilmoqda.

Qirg‘izistonlik teatr san’ati vakillari Farg‘ona shahrining diqqatga sazovor joylari — viloyat Teatr-konsert saroyi, Suv sport majmuasi, “Istiqlol” markaziy o‘yingohi bilan tanishtirildi.

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati

Mazkur inshootlarning barchasi, xususan, Teatr-konsert saroyining hashamatli dizayni, me’moriy bezaklari, zamon talablariga mos texnik uskunalar bilan jihozlanganligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Foto: Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati

O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrining Andijon va Namangan viloyatlari musiqali drama teatrlarida namoyish etilgan “Aykol Manas” spektakli Farg‘ona viloyat teatr-konsert saroyida tomoshabinlarga taqdim etiladi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!