O‘zbekistonda ijtimoy ahamiyatga molik import dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarining cheklangan narxlari belgilab qo‘yildi. Ro‘yxat Davlat raqobat qo‘mitasi saytida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Avvalroq O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ijtimoiy ahamiyatga molik dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarining cheklangan narxlari belgilangani ma’lum qilingan edi.Bu narxlar Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash ustidan nazorat bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan o‘rnatilmoqda.
Mazkur dori-darmon va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga 116 ta mahalliy va 227 ta import qilinadigan mahsulot nomi kiritilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)