Gollandiyaning Rotterdam shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo‘yicha ATP musobaqasida Denis Istomin chorak final masalasini hal qilish uchun bugun — 16-fevral kuni tunda kortga chiqadi.
Musobaqadagi ishtirokini britaniyalik tennischidan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlagan Denis Istomin, tashkilotchilarning imtiyozli yo‘llanmasiga ega chiqib, yana o‘sha tennischiga qarshi kortga tushgan va revansh olib, nimchorak final masalasini ijobiy hal qilgandi. Endi u musobaqaning beshinchi raketkasi sifatida e’tirof etilgan bolgariyalik Grigor Dimitrov bilan bellashadi.
Dimitrov nimchorak finalda germaniyalik Misha Zverev ustidan uch set davom etgan geymda zafar quchdi. Qayd etish kerak, ATP reytingida 12-o‘rinda borayotgan Dimitrov Avstraliya ochiq chempionatida Denis Istominning muvaffaqiyatli yurishiga yakun yasab bergandi. Ayni vaqtda Istomin dunyo tennis reytingida 76-o‘rinni egallab turibdi.
“Olamsport” ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)